Saytga kirish
A'zo bo'lish
Бесплатный сайт знакомств
Biz telegramda...
Hikoyalar | Testosteron - erkaklik gormoni
U shunday gormonki, erkaklardagi kuch-quvvat, muvaffaqiyat, ijodkorlik, jinsiy faollik, xullas, kuchli jins vakillari hayotining barcha jabhasida bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Ushbu gormon ayollarda ham uchraydi, biroq juda ham oz miqdorda.Uyqusizlik, depressiya, mushaklar massasining kamayib ketishi, anemiya (kamqonlik), terining quruqshab ketishi, qorin qismida ortiqcha yog‘larning to‘planishi, jinsiy zaiflik va o‘zini yomon his etishi kabi omillar qonda testosteron gormonining kamayib ketganidan dalolat beradi. Aqliy salohiyatning sustlashuvi ham qondagi testosteronning kamayganidan yuzaga kelishi ehtimoldan holi emas. Bu kabi alomatlar sezilsa darhol shifokor ko‘rigidan o‘tish, testosteron tahlili uchun qon topshirish maqsadga muvofiq.Bir qancha sabablarga ko‘ra ushbu gormon miqdorikamayib ketishi mumkin. Masalan, psixologik jarohatlar, me’yoridan ortiq alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish, yog‘li nosog‘lom taomlar (fast fud singari) hamda tarkibida ko‘p miqdorda kofein va xolesterin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish. Shuningdek, jinsiy a’zolarning jarohat olishi yoki kamharakatlilik (uzoq muddat o‘tirib ishlash), yoshga oid o‘zgarishlar ham qonda testosteronning kamayib ketishiga xizmat qiladi.Mazkur gormon erkaklar hayotida qanchalik muhim o‘rin tutsa, uning haddan ziyod ko‘payib ketishi ham shunchalik zararli. Bunday paytda erkaklarda tajovuzkorlik, ortiqcha tuklarning haddan ziyod o‘sib ketishi, yuzda yiringli hunsbuzarlarning ko‘payishi, ayrim hollarda esa o‘z joniga qasd qilishga moyillik oshib ketadi. Bu kabi noodatiy alomatlar ham tezda shifokor qabuliga borish zarurligidan dalolat beradi. Ta’kidlash o‘rinliki, erkaklar qonida testosteronning o‘rtacha miqdori 10–40 nmol/l ni tashkil etadi.Testosteron miqdorini oshirish uchun avvalo mast qiluvchi har qanday ichimlik va tamaki mahsulotlaridan voz kechish talab etiladi. Shuningdek, kofe ichishni ham cheklash lozim. Ovqatlanish ratsioniga erkaklar baliq go‘shti, meva va sabzavotlarni albatta kiritishlari shart. Tovuq va bedana tuxumi, dengiz mahsulotlari, yong‘oq, oshqovoq va kungaboqar urug‘lari, zanjabil (imbir), sarimsoq piyoz tanovvul qilish ham koni foyda.Oltin ildiz, eleutorokokk, maxsarsifat levzey singari o‘simliklar testosteronning tabiiy mambai hisoblanadi. Ulardan tayyorlangan damlama ushbu gormon me’yorini ta’minlaydi.Har kuni o‘rtacha sakkiz soatlik uyqu tartibiga rioyaetish maqsadga muvofiq.Jismoniy faollikka katta e’tibor qarating. Haftasiga hech bo‘lmasa bir marotaba suzish havzasiga borishni kanda qilmang. Ertalab yugurib, ko‘proq piyoda yurishga harakat qiling. Chunki jismoniy faollikning testosteron miqdorini oshirishi ko‘plab tajribalar vaqtida isbotlangan.Testosteron me’yorini ta’minlashga xizmat qiluvchibirorta dori vositasini shifokor maslahatisiz iste’mol qilmang.
Testosteronasosiy erkaklik gormonidir. Erkaklik alomatlarining namoyon bo‘lishida ushbu gormonning roli katta. Ko‘pchigan mushaklar, o‘z xatti-harakatlariga ishonch hissi, kutilmagan vaziyatlarda ham o‘zini yo‘qotmay qat’iyat bilan bir qarorga kelish xususiyati erkaklardagi testosteronga bog‘liqdir.O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, 30 yoshdan oshganerkaklarda asta-sekin testosteron miqdori kamaya boradi. Buning uchun vahima ko‘tarish kerak emas,ammo ko‘ngilli deb ham bo‘lmaydi. Gap nima haqda ketayotganligini tushundingiz.Testosteron kamayishining oldini olish yo‘llari bormi? Dorixonalarda ming xil vositani taklif etishadi, ammo biz ularga to‘xtalmaymiz, chunki barcha dori mutaxassis nazorati ostida tayinlangandagina shifo bo‘ladi.Shu bilan birga tabiiy, bezarar, asoratlarsiz usullari ham bor. Biz quyida erkaklar uchun testosteronni oshirishning 8ta oddiy usulini bayon etamiz.1.Semizlik – koni zararKuzatishlarga ko‘ra semiz erkaklarda testosteron darajasi kam bo‘ladi. Bu, albatta, ortiqcha vazn asoratidir. Ozishni boshlashingiz bilanoq testosteron ko‘payadi. Ozish uchun maslahat zarur bo‘lsamana buhavolani bosing.1.Muntazam tarzda mashqlar qiling. Och yuring, ro‘za tutingQisqa va intensiv mashq va tez-tez och yurish foydalidir.Intensiv mashqlarning talay turlari bor. 30 soniyali chigilyozdi mashqlaridan tortib 1,5-3 daqiqali tez-tez davomli mashqlargacha bajarish mumkin. Buning samarasi zo‘r.Mashqni birdaniga kuchli tartibda boshlash yaramaydi. Badan bo‘sh holda bo‘lishi kerak. Qolaversa, trenajerlar, gantellar, shtanga vositasida shug‘ullanish, yugurish va suzishning katta foydasi bor.Bu jarayonda ochlikning ham foydasi ko‘p. Inson sahardan kun botgunga qadar ro‘za tutsa, ortiqcha yog‘lardan qutuladi va testosteronini oshirishga muvaffaq bo‘ladi. Ammo me’yorni bilish muhim, uzoq muddatli ochlik kishini toliqtiradi va aks natijaberadi. Shuning uchun ratsionga oqsilli kokteyl qo‘shish kerak.Mashqlarni kompleks tarzda ado etgan erkaklarda ko‘rkam qad-qomat, tarang teri, pishiq mushaklar paydo bo‘ladi.1.Rux me’yorini saqlangTestosteron darajasini oshirish uchun rux moddasi o‘ta zarur. Ratsioniga rux moddasini qo‘shib ko‘plaberkaklar testosteronini oshirgan.Rux me’yorini saqlashning eng maqbul yo‘li to‘g‘ri ovqatlanishdir. Taomda oqsil ko‘p bo‘lishi lozim. Go‘sht, baliq, sut, pishloq, dukkakli o‘simliklar, tabiiyyogurt, kefir iste’mol qilish kerak.Tarkibida rux bo‘lgan polivitaminlar va boshqa sun’iy qo‘shimchalar iste’mol qilishda chegaraviy normasiga e’tibor bering.1.Kuchli mashqlar bajaringIntensiv mashqlardan tashqari kuchli mashqlar bajarishning ham nafi katta.Kuchli mashqning intensiv mashqdan farqi – kam takrorlash va muntazam og‘irlikni orttirib borilishidadir. Kuchli mashqda 3 kgli gantelni ko‘tarishlar sonini oshirib bormaysiz, uning vaznini 5 kg, 7 kg va shu tartibda orttirib boraverasiz. Albatta, darhol 100 kgli shtanga ostiga yotish yaramaydi.Kam vaznli toshni ko‘tarib natijaga erishishning yana bir yo‘li – mashqni sekinlashtirib bajarish.1.D vitamini zarurD vitamini ham testosteronni oshiradi. Demak siz quyosh nurida toblanib haqiqiy erkakka aylana olasiz. Odatda, qoramag‘iz, semiz va keksa odamlar quyoshda toblanib kasallikka chalinishlari mumkin. Qoidasiga ko‘ra soat 10dan 15gacha muddat ichida toblanish kerak. Haftasiga ikki marta toblanish tavsiya etiladi. Terisi yupqa, oppoqodamlarga 5 daqiqa toblanish yetarli.1.AsabiylashmangStressga uchraganda organizm kortizol ishlab chiqaradi, bu modda testosteronni to‘sadi. Organizmimiz shunday ishlaydi, unga qarshi nima ham qila olardik?. Afsuski, zamondoshlarimiz ruhiy siqilish, asabiylashish, sterssga ko‘p duchor bo‘lmoqdalar. Bu bilan o‘zlari istamagan holda testosteron darajasini kamaytirishyapti.1.Taomlaringiz orasidan shakarni chiqarib tashlangQonda shakar miqdor oshishi bilan testosteron darhol pasaya boshlaydi. Insulin testosteronni kamaytiradi, degan taxminlar ham yo‘q emas. Har nima bo‘lganda ham shirinlik semizlikni keltirib chiqaradi va birinchi maslahatimizni qayta o‘qib chiqishingizga to‘g‘ri keladi.AQShlik o‘rtacha fuqaro kuniga 12 choy qoshiq shakar iste’mol qiladi. Ya’ni umri davomida 2 tonnashakarni yeb bitiradi.1.Foydali yog‘larni iste’mol qilingOrganizmimizga o‘simlik va hayvonlarning to‘yingan yog‘lari kerakdir.
VoxXx.Ru - Siz uchun maxsus
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Foydali maslahat
Yozdi: * PlayBoy (13 Sen 2017, 22:25)
Ko'rilgan: 528
Do'stlar bilan baham ko'ring:
Reyting: -1
*0 | 1*
Fikrlar: (0)
Saytda 1 soat davomida faol bo'ling va saytdan to'liq foydalaning!
Faollik vaqtingiz:
Xabar yo'q!
Bosh sahifa